«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand «Arsenal»ning «shaharliklar»ga nisbatan jamoaviy o‘yini yaxshiroq shakllangan deb hisoblaydi.
«Arsenal» futbolchilari anchadan beri birga o‘ynab kelmoqda. Jamoa uzoq vaqt davomida shakllantirildi. Bu taxminan men «Manchester Siti»ga kelgan paytimdagi jarayonga o‘xshaydi.
Biz hali ham qayta qurilish bosqichidamiz. Lekin transferlar borasida ajoyib kampaniya o‘tkazganimizni aytishim kerak. Klub va uning xodimlari juda yaxshi ishlashdi.
Ular nafaqat ajoyib futbolchilarni, balki jamoaga juda yaxshi moslashib ketgan ajoyib insonlarni ham tarkibga qo‘shishdi», — dedi Holand. Hozirda «Manchester Siti» mavsumni uchta ketma-ket g‘alaba bilan boshlagan va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Avvalroq Erlingning klub miqyosidagi faoliyatida 300-golini urgani ma’lum qilingandi.