Bugun
80
O'zbek

Kerrik: «Qanday natijaga erishishimiz faqat o‘zimizga bog‘liq»

Futbol
6 sentabr, 04:35
«MYU» bosh murabbiyi jamoa futbolchilari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Kerrik: «Qanday natijaga erishishimiz faqat o‘zimizga bog‘liq»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa futbolchilari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozir bizdan oldinda ketayotgan klublar bor. Men jamoa bilan taxminan 8 oydan beri ishlayapman, ayrim futbolchilar esa biroz oldinroq kelgan.

Qanday natijaga erishishimiz faqat o‘zimizga bog‘liq. Bizda ajoyib futbolchilar bor va ular natija qayd eta olishlarini ko‘rsatishdi», — dedi «qizil iblislar» bosh murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, APLda o‘tkazilgan ikki turdan so‘ng «Manchester Yunayted» 3 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Mankunianliklar navbatdagi uchrashuvni 6 sentyabr kuni safarda «Everton»ga qarshi o‘tkazadi. Kerrik jamoa bilan 2026/27 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishni maqsad qilgan.

Avvalroq Kerrik «Manchester Yunayted» futbolchilari uchun Chempionlar Ligasiga chiqishning o‘zi yetarli emasligi haqida gapirib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar