Live
24
O'zbek

Brunu Fernandesh — «MYU»ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Futbol
5 sentabr, 07:21
    3
Portugaliyalik yarimhimoyachi avgust oyida 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Brunu Fernandesh — «MYU»ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumkor yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

31 yoshli portugaliyalik futbolchi Angliya Premyer ligasi 2-turida «Ipsvich»ga qarshi bahsda het-trik qayd etdi. Shuningdek, «Manchester Yunayted» sardori hisobida bitta golli uzatma ham bor.

Ma'lumot uchun, Angliya chempionatining ikki turidan so‘ng Maykl Kerrik boshqaruvidagi jamoa 3 ochko bilan turnir jadvalining 11-o‘rnida bormoqda.

6 sentyabr kuni «Manchester Yunayted» safarda «Everton»ga qarshi bahs o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar