«Manchester Yunayted» rahbariyati portugaliyalik yarimhimoyachi Brunu Fernandesh bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar 31 yoshli futbolchiga 2029-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan.
Fernandeshning amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 35 mln yevro deb baholamoqda.
Fernandesh ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.