Bundesligaga qaytgan «Shalke» klubi yangi mavsumdagi ilk bellashuvini «Augsburg»ga qarshi o‘tkazdi. Omadsizlikka uchragan gelzenkirxenliklar 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bosniyalik qariya Edin Jeko so‘nggi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushdi va yangi rekord sohibiga aylandi. Natijada, oradan 5 734 kun o‘tib, Edin yana Bundesliga o‘yinida maydonga tushdi. Uning oliy ligadagi bundan oldingi jamoasi 2011-yilda «Volfsburg» klubi edi.
Bu - nemis chempionati uchun yangi rekord hisoblanadi. Avvalroq, 40 yoshdan oshgan Jeko «Shalke» safida kubok o‘yinida dublga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, «Shalke» keyingi turda o‘z maydonida Myunxenning «Bavariya»siga qarshi bahs olib boradi.