Bugun
22
O'zbek

Enso Fernandes «Manchester Siti» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

Futbol
2 sentabr, 02:30
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi «shaharliklar» tarixidagi rekord xarid bo‘ldi.
Enso Fernandes «Manchester Siti» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi
Foto: Getty Images

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» futbolchi uchun €145 mln to‘lagan. Avvalgi rekord ham shu yozda o‘rnatilgandi — «Nottinghem Forest»dan Elliot Anderson €135 mln evaziga xarid qilingan.

«Manchester Siti» tarixidagi eng qimmat transferlar:

  1. Enso Fernandes — «Chelsi» → «Manchester Siti» — €145 mln
  2. Elliot Anderson — «Nottinghem Forest» → «Manchester Siti» — €135 mln
  3. Jek Grilish — «Aston Villa» → «Manchester Siti» — €117,5 mln

Eslatib o'tamiz, Fernandes «Chelsi» safida 2023 yil yanvaridan buyon o‘ynab kelgandi. U London klubida 170 ta uchrashuvda 31 ta gol va 30 ta assist qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar