22 yoshli shvetsiyalik futbolchi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi. U Frankfurtning «Ayntraxt» klubidan «Fulhem»ga mavsum yakuniga qadar ijara asosida o‘tdi.
Larsson 2025/26 yilgi mavsumda Bundesligada «Ayntraxt» safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Fulhem» Angliya chempionatining dastlabki ikki turida ochko jamg‘ara olmadi va turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.