Madrid «Real» klubi yarimhimoyachisi Manuel Anxel «Fulhem» safiga borib qo‘shilishga yaqin turibdi. Klublar bitim borasida deyarli to‘liq kelishuvga erishgan, deb xabar bermoqda Diario AS. «Qaymoqranglilar» avvalroq Ispaniyadan Angliyaga yo‘l olgan ikki futbolchisi Gonsalo Garsiya va Sesar Palasiosda bo‘lgani kabi futbolchining keyingi transferidan kattagina ulush oladi.
Ma’lumot uchun, Manuel Anxel asosan «Real»ning o‘rinbosarlar jamoasi safida harakat qilgan, asosiy jamoa tarkibida 7 ta o‘yin o‘tkazgan.
Transfermarkt portali mutaxassislari 22 yoshli ispaniyalikning aktual transfer narxini 5 mln yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avval «Real»da o‘ynagan va bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Alvaro Arbeloa iyul oyida «Fulhem» boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.