«Liverpul» klubi «Kristal Pelas» vingeri Ismaila Sarrni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Avvalroq «burgutlar» 28 yoshli futbolchisini 60 mln yevro evaziga sotishni istamagan, «qizillar»ning taklifini rad etgandi.
Dsports jurnalisti Hadim Diakatening ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar Sarr transferi uchun 75-80 mln yevro taklif qiladi. Senegallik futbolchi «Manchester Siti» bilan kelishuvga jrishgan Kodi Gakpoga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ismaila Sarr ushbu mavsum hali maydonga tushmadi. O‘tgan mavsumda esa futbolchi 45 ta o‘yinda 21 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma yetkazib bergandi.
Transfermarkt portali mutaxassislari yarimhimoyachining aktual transfer narxini 45 mln yevroga baholamoqda.