Italiya A Seriyasi yangi mavsum 2-turi doirasida «Sassuolo» o‘z maydonida «Torino»ni qabul qildi. O‘yinning 78-daqiqasida mezbonlar yetakchisi raqib darvozasiga ikkinchi golni urishga erishdi. Bu Berardi uchun «Sassuolo» tarkibidagi A Seriya o‘yinlarida urilgan 131-golga aylandi. Shu tariqa forvard bitta klub safida urilgan gollar borasidagi reytingda kuchlilar qatoriga kirib oldi.
Argentinalik Lautaro Martines undan bor yo‘g‘i 1 ta gol oldinda. Forvard «Inter» tarkibida hozirgacha 132 ta gol urishga ulgurdi. Ushbu ro‘yxatda yetakchilikni esa Franchesko Totti saqlab turibdi. Rim afsonasi hisobida «Roma» libosida 250 ta gol bor. Ikkinchi o‘rinda Alessandro Del Pero - Turinning «Yuventus» klubi safida Italiya chempionatida 188 ta gol.