Birinchi turda «Roma»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan «Fiorentina», ikkinchi turda javobsiz 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Natijada klub chempionatlarning tarixdagi eng omadsiz startini qayd etdi - 7 ta gol o‘tkazib yuborilgan, birorta gol urilmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ham «Fiorentina» mavsum startini omadsiz o‘tkazgan edi, ammo keyinchalik vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘lib, A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolishga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Italiya chempionati navbatdagi turida Fabio Grosso shogirdlari 5 sentyabr kuni «Torino»ga qarshi maydonga tushadi.