«Nottinghem Forest» «Kristal Pelas» himoyachisi Daniel Munios transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Nottinghem Forest» shartlarni kelishish uchun «burgutlar» bilan bevosita bog‘langan. Futbolchining o‘zi ham transferga qiziqish bildirmoqda.
30 yoshli latyeral «Kristal Pelas» safida 2024 yil yanvaridan beri to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Muniosning transfer qiymati 22 mln yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Daniel o‘tgan mavsumda APLda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.