Bugun
112
O'zbek

A Seriya. «Milan» «Venesiya»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
28 avgust, 16:44
Italiya chempionatida 2-tur uchrashuvlari start oldi.
A Seriya. «Milan» «Venesiya»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Getty Images
28.08.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 2 : 0 Venezia Venezia

Italiya chempionatining 2-turida «Milan» klubi o‘z maydonida «Venesiya»ni qabul qildi. Bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Yagona gol 69-daqiqada Gonsalu Ramush hisobiga yozildi. 89-daqiqada mehmonlar futbolchisi Xalxal avtogolga mualliflik qildi.

Shunday qilib, «Milan» ochkolari sonini 6 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. «Venesiya» esa 1 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

A Seriya. 2-tur
Milan – Venesiya 2:0
Gollar:
Ramush 69, Xalxal 89 avtogol
Milan – Menyan, Xila (Gabbiya, 87), Pavlovich, de Vinter, Chukvueze, Modrich (Yashari, 74), Yunus, Bartezagi (Estupinan, 87), Loftus-Chik (Salemakers, 59), Sisse (Rabio, 59), Ramush.
Venesiya – Stankovich, Shingten, Bella, Franich (Xalxal, 45+3), Eno, Peres (Rahmani, 80), Buzio, Bashich, Xaps (Korreyra, 66), Yeboa (Lauberbax, 80), Adams.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Venezia Venezia
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar