Live
2
O'zbek

«Milan» Rabio bilan shartnomani 2030-yilgacha uzaytirmoqchi

Futbol
14 noyabr, 00:00
Fransiyalik yarimhimoyachining maoshi yiliga 5,5 million yevrogacha oshirilishi mumkin.
«Milan» Rabio bilan shartnomani 2030-yilgacha uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Milan» rahbariyati Adrien Rabio bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, italiyalik klub fransiyalik yarimhimoyachiga kelishuvni 2030-yil iyunigacha uzaytirishni taklif qilgan.

Taklif etilayotgan shartlarga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi 3,5 million yevrodan 5,5 million yevroga oshadi. Shuningdek, shartnomada qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

«Milan» shu tariqa jamoaning asosiy futbolchilarini uzoq muddatga saqlab qolmoqchi. Rabio klub uchun muhim ijrochilardan biri sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Adrien Rabio 2025-yil yozidan buyon «Milan» sharafini himoya qilmoqda. Bungacha u bir necha yil davomida «Yuventus» safida to‘p tepgan va A Seriyaning samarali yarimhimoyachilaridan biri sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rabio Fransiya milliy jamoasi safida ham muntazam ishtirok etib keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar