Bugun
48
O'zbek

Kapello «Milan»ga transfer masalasida Amorimga ishonishni tavsiya qildi

Futbol
11 noyabr, 11:37
Jamoa A Seriya turnir jadvalining 4-pog‘onasini egallab turibdi.
Kapello «Milan»ga transfer masalasida Amorimga ishonishni tavsiya qildi
Фото: Getty Images

«Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello jamoa qishki transfer oynasidagi rejalarni belgilashda Ruben Amorimning fikriga tayanishi kerak, deb hisoblaydi.

«Milan» — shakllanish jarayonidagi jamoa. Transfer bozori haqida gapiradigan bo‘lsak, klub rahbariyati o‘rnida bo‘lganimda bosh murabbiy va jamoada anchadan beri to‘p tepayotgan bir nechta futbolchining fikriga diqqat bilan quloq tutgan bo‘lardim. Ular jamoaga aynan nima yetishmayotganini aytib berishlari mumkin», — deya Kapelloning so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it nashri.

Ma’lumot uchun, «Milan» Italiya chempionati — A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub so‘nggi bor 2022-yilda Italiya chempioni bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar