Bugun
48
O'zbek

«Milan» Yunus Musa bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
10 noyabr, 21:15
Amerikalik yarimhimoyachining mavsum boshidagi o‘yini klub rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirdi.
«Milan» Yunus Musa bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Milan» yarimhimoyachi Yunus Musa bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. O‘tgan mavsumlardagi murakkab davrdan so‘ng amerikalik futbolchi Ruben Amorim qo‘l ostida o‘z o‘yinini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

Portugaliyalik murabbiy yarimhimoyachining o‘z jamoasi uslubiga mos keladigan jihatlarini ko‘rdi. Jumladan, uning yuqori intensivlikdagi harakatlari, jismoniy kuchi, maydonning katta qismini qamrab olishi va, eng muhimi, himoyadan hujumga tez o‘tishdagi mahorati alohida e’tirof etilmoqda.

Pianetamilan.it xabariga ko‘ra, futbolchining ushbu mavsum boshidagi o‘yini nafaqat Amorim, balki «rossonerilar» rahbariyatida ham ijobiy taassurot qoldirgan. Klub allaqachon Musa bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlash choralarini ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, Yunus Musa AQSH milliy jamoasi safida ham to‘p tepadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar