«Roma»ning sobiq sardori Franchesko Totti yoshligini qo‘msashi va o‘sha davrlarga qaytishni istashi haqida gapirdi. Italiyalik futbolchi 1995-yildagi hayotini alohida sog‘inch bilan eslagan.
«Men hammasini yana bir bor takrorlagan bo‘lardim. Mutlaqo hammasini. 1995-yilda hali yosh edim. O‘sha davrlarga qaytish uchun bor narsamni berardim. Biz oddiy mahalla bolalari edik: bekinmachoq, bayroqni egallash o‘yinlarini o‘ynardik, to‘pni devorga tepardik. Bunday lahzalar hayotda kamdan-kam qaytadi», — deya Tottining so‘zlarini keltiradi ForzaRoma.info.
Ma’lumot uchun, Totti «Roma» safida ilk bor 1993-yilda maydonga tushgan. U butun professional faoliyatini Rim klubida o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik futbolchi 2017-yilda butsalarini mixga ilgan. U «Roma» safida 24 yil davomida to‘p tepgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi