«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim A Seriyaning 2-turida «Venetsiya»ga qarshi bahs oldidan jamoa oldidagi maqsadlari haqida gapirdi.
«Bu alohida kun bo‘ladi. «Milan» murabbiyi sifatida mas’uliyatni his qilyapman, ammo «San Siro»ga ilk tashrifimdan zavq olishga harakat qilaman.
Qiyin bahsni kutyapman. Ular butun maydon bo‘ylab individual qo‘riqlashdan foydalanishadi. Biz yaxshi pressing qilishimiz, ko‘p yugurishimiz va to‘p bilan oqilona muomala qilishimiz kerak. Bunda aql va kamtarlikni namoyon etish muhim.
Biz o‘yin darajasini keskin pasaytirmasdan o‘ynashimiz, barqarorlikka erishishimiz kerak. Rivojlanishimiz uchun vaqt zarur. Bu hafta yaxshi ishladik, futbolchilarning katta ishtiyoq bilan mehnat qilayotganini ko‘ryapman.
Jamoaga barqarorlik kerak. Har bir futbolchi butun mavsum davomida jarayonning bir qismi bo‘lishi uchun mexanizmlarni yaratishimiz lozim. Biz A Seriyada ham, Yevropada ham doimo raqobatbardosh bo‘lishni istaymiz. Maqsad sovrinlarni qo‘lga kiritish. Buning uchun futbolchilarni almashtira olishimiz kerak.
Konsentratsiya men uchun juda muhim. Katta o‘yinlarda mayda detallarga e’tibor berib, nisbatan oson deb hisoblanadigan raqiblarga qarshi shu darajada e’tibor qaratmasligimiz mumkin emas. Biz har doim keyingi raqibimizni dunyodagi eng kuchli jamoa deb bilishimiz kerak. Muvaffaqiyat kaliti — kamtarlik. Mag‘lubiyatlar bo‘lishi mumkin, ammo ular faqat raqibimiz bizdan yaxshiroq bo‘lgan taqdirdagina yuz berishi kerak», — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi