«Liverpul» «PSJ» va Fransiya milliy jamoasi vingeri Bredli Barkolya transferini yakunlash arafasida. The Athletic xabariga ko‘ra, bitimning umumiy qiymati 145 mln yevroni tashkil etadi. Shundan 125 mln yevro kafolatlangan to‘lov, yana 20 mln yevro bonuslardan iborat.
23 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, «Liverpul» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Barkolya «PSJ» safida 152 ta uchrashuvda 39 ta gol va 37 ta assist qayd etgan.