«PSJ» tez orada sotuvlar bo‘yicha o‘z transfer rekordini yangilaydi.
Bungacha Ibrohima Mbayening «PSJ»dan «Aston Villa»ga o‘tishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu transferdan parijliklar taxminan 55 million yevro ishlab oladi. Bundan tashqari, yaqin orada Bredli Barcolya 140 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tishi kutilmoqda.
Agar har ikki transfer amalga oshsa, «PSJ» bir transfer oynasi davomida futbolchilarini taxminan 360 million yevro evaziga sotgan bo‘ladi. RMC Sport ma’lumotiga ko‘ra, bu klub tarixidagi yangi rekord bo‘ladi.
Avvalroq Luis Enrike shogirdlari «Lill» bilan durang o‘ynagandi (2:2). Ikki turdan so‘ng jamoa hisobida atigi 2 ochko bor.