UFC yengil vazn sobiq chempioni Charlz Oliveyra Jastin Geyjiga qarshi revansh jangini biryo‘la uchta kamar uchun o‘tkazishni xohlayotganini bildirdi.
«Men aytganim shu: qochadigan joy yo‘q. Yana bir narsa: men ikkita kamar haqida aytgan edim, internetda darhol shov-shuv boshlandi: «Ikkita emas, uchta! Bu Oq uy kamari, yengil vazn chempionlik kamari va BMF kamari». Mayli, uchalasi ham bahsga qo‘yilsin, hech qanday muammo yo‘q.
Revansh jangini Braziliyada o‘tkazish shart emas. Menga sana va vaqtni bilish uchun bitta telefon qo‘ng‘irog‘i kifoya.
Shuning uchun, agar UFC sensatsiya xohlasa, bundan kattaroq sensatsiya bo‘lishi mumkinmi?» — dedi Oliveyra.
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilda Oliveyra Geyjini birinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgan, ammo vazn me’yoridan oshib ketgani sababli yengil vazn chempionlik kamaridan mahrum qilingandi.
Avvalroq Geyji Topuriyani texnik nokaut evaziga mag‘lub etib, yengil vaznda UFC chempioniga aylangani ma’lum qilingan edi.