«Milan» va «Liverpul» sobiq yarim himoyachisi Suso 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda «Kadis» klubi matbuot xizmati xabar berdi.
32 yoshli ispaniyalik futbolchi ushbu klubda elchi sifatida faoliyat olib boradi. O‘tgan mavsumda Suso Ispaniyaning Segundasida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 gol va 3 assist qayd etdi. Shuningdek, uning hisobida 4 ta sariq kartochka bor edi.
Ma’lumot o‘rnida, Suso faoliyati davomida «Sevilya», «Jenoa» va «Almeriya» klublarida ham to‘p tepgan. Ispaniya milliy jamoasi safida esa yarim himoyachi 5 ta uchrashuv o‘tkazib, gol yoki assist muallifi bo‘lmagan.
Avvalroq Santi Kasorla 41 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagani ma’lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi