Live
8
O'zbek

Virs telefon orqali Klopp bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirdi

Futbol
28 avgust, 13:29
Germaniya milliy jamoasi vingeri tajribali murabbiy bilan suhbati haqida ma’lumot berdi.
Virs telefon orqali Klopp bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirdi
Foto: Gettyimages

Germaniya milliy jamoasi va «Liverpul» klubi yarimhimoyachisi Florian Virs nemis jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan telefon orqali bo‘lgan suhbat haqida gapirib berdi.

«Biz ikki kun avval telefon orqali gaplashdik. Avval hech qachon suhbatlashmagandik. Nihoyat u bilan gaplashib olish — ajoyib ish bo‘ldi. Bundan juda xursandman», — deya Virs so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Florian Plettenberg.

Ma’lumot uchun, Virs o‘tgan mavsum 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Florianning aktual transfer narxini 100 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar