«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola «PSJ» vingeri Bredli Barkolyaning transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Biz haqiqatan ham ushbu pozitsiyaga futbolchi olishni istayapmiz. Ammo hozir «Liverpul»da to‘p tepamayotgan futbolchilar haqida gapira olmayman. Tarkibni kuchaytirishga harakat qilyapmiz, chunki futbolchilarimiz yetarli emas. Umid qilamanki, tez orada yaxshi xabarlar bo‘ladi, ammo hozircha bunga ancha uzoqmiz», — dedi Iraola matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Barkolya o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.