Live
6
O'zbek

Kin — «Komo» futbolchisi (Romano)

Futbol
27 avgust, 10:22
Italiya klubi hujumchini boshqa A Seriya vakiliga sotishga rozi bo‘ldi.
Kin — «Komo» futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

«Komo» «Fiorentina» hujumchisi Moyze Kin transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Fabritsio Romanoning yozishicha, bitim amalda yakunlangan.

«Komo» futbolchini ijaraga olish uchun 10 mln yevro to‘laydi. Kelishuvda yana 25 mln yevroga majburiy sotib olish bandi mavjud. Qo‘shimcha 5 mln yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Shu tariqa, transferning umumiy qiymati 40 mln yevroga yetishi mumkin.

Kin avvalroq «Komo» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgandi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli hujumchi «Fiorentina»ni ikki mavsumdan so‘ng tark etmoqda. U shu vaqt davomida barcha musobaqalarda 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar