Bugun
43
O'zbek

Morata Ispaniyaga qaytishi mumkin

Futbol
26 avgust, 23:00
Segunda vakili 33 yoshli futbolchini ijaraga olish arafasida.
Morata Ispaniyaga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

Italiyaning «Komo» klubi hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini «Leganes»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Segunda vakili 33 yoshli futbolchini ijaraga olish arafasida. Kelishuvni rasmiylashtirish uchun ayrim tafsilotlarni kelishib olish qolgan, xolos.

Ma’lumot o‘rnida, «Leganes» o‘tgan mavsum Ispaniyaning ikkinchi darajali divizionida 16-o‘rinni egallagan. Bu mavsumda esa jamoa ikki turdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan.

Qayd etish lozim, Alvaro «Komo» bilan 2029 yilgacha shartnoma tuzgan. Transfermarkt portali futbolchining ayni vaqtdagi narxini 6 million yevro deb baholamoqda.

Avvalroq Morata faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Leganes Leganes
Bugungi yangiliklar