Live
1
O'zbek

Fabregas «Udineze»ni yuqori baholadi

Futbol
23 avgust, 04:55
«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Udineze»ni A Seriyada jismoniy jihatdan kuchli jamoalardan biri deb atadi.
Fabregas «Udineze»ni yuqori baholadi
Foto: Getty Images
22.08.2026 FT Italiya A seriyasi Udinese Udinese 1 : 1 Komo Komo

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas A Seriya 1-turida «Udineze»ga qarshi o‘tkazilgan bahsdan so‘ng raqibning imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

Udine shahrida kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Fabregas mezbonlarning jismoniy tayyorgarligi va o‘ziga xos o‘yin uslubini alohida ta’kidladi.

«Udineze» — Premer-liga darajasidagi jamoa. Ular jismoniy jihatdan juda kuchli, to‘xtovsiz yugurishadi. O‘zlarining o‘yin uslublari bor. Bu yil Udineda ularga qarshi kam jamoa g‘alaba qozona oladi», — dedi Fabregas.

Eslatib o‘tamiz, «Udineze» o‘tgan mavsumni 50 ochko bilan 10-o‘rinda yakunlagan.

A Seriyaning 2-turida «Komo» safarda «Napoli» bilan, «Udineze» esa «Montsa» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Udinese Udinese
  • Komo Komo
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar