Bugun
7
O'zbek

Enrike Ferran Torresdan norozi, hujumchi qishda «PSJ»ni tark etishi mumkin — Manba

Futbol
10 noyabr, 04:21
    9
Parijliklar ispaniyalik futbolchini «Komo» vakili Niko Pas transferi doirasida taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda
Enrike Ferran Torresdan norozi, hujumchi qishda «PSJ»ni tark etishi mumkin — Manba
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike yozgi transfer oynasida «Barselona»dan xarid qilingan Ferran Torresning o‘yinidan norozi. Sport.fr nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik hujumchi allaqachon klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Manbaga ko‘ra, Enrikening futbolchiga nisbatan sabr kosasi to‘lgan. Murabbiy undan ko‘proq gol urish va jamoaviy o‘yinda faolroq ishtirok etishni kutgan. Torresning «Barselona»ga qaytishi ham muhokama qilingan, biroq kataloniyaliklar uni ortga qaytarish uchun hozircha hech qanday qadam tashlamayapti.

Shuningdek, «PSJ» Torresni «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pasni xarid qilish bo‘yicha kelishuvga qo‘shishi mumkin. Parijliklar 60 million yevro va ispaniyalik hujumchini o‘z ichiga olgan taklifni ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Niko Pas ayni vaqtda Italiyaning «Komo» klubida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Komo Komo
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar