Bugun
13
O'zbek

«PSJ» Gavini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
9 noyabr, 13:24
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
«PSJ» Gavini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar ispaniyalik 22 yoshli futbolchini anchadan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Bunga futbolchining Kataloniya klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Shunga qaramay, Gavi jamoa loyihasining muhim qismi bo‘lib qolmoqda va klub uni sotish haqida o‘ylamayapti. Biroq futbolchining o‘zi jamoani tark etish istagini bildirsa, kataloniyaliklar uni qo‘yib yuborishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Bu mavsumda Gavi «Barsa» safida barcha turnirlar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar