Bugun
43
O'zbek

«Aston Villa» Jekson uchun 75 mln yevro to‘laydi

Futbol
27 avgust, 00:40
Klublar transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi.
«Aston Villa» Jekson uchun 75 mln yevro to‘laydi
Foto: Getty Images

«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson «Aston Villa»ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Klublar transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. «Sherlar» senegallik futbolchi uchun bonuslar bilan birga taxminan 75 million yevro to‘laydi.

Bugun, 27 avgust kuni birmingemliklar 25 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oladi. Bitim 2031 yilgacha mo‘ljallanadi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum hujumchi Myunxenning «Bavariya» klubida ijara asosida o‘ynadi. Avvalroq «Al-Hilol» Uotkins bo‘yicha «Aston Villa» bilan kelishuvga erishgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar