«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriya chempionligi uchun asosiy favorit jamoa qaysi ekanini aytdi.
«Favoritmi? Menimcha, bu «Inter». Chunki, qoida tariqasida, chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoa keyingi mavsumda ham favorit bo‘ladi.
Bundan tashqari, juda kuchli jamoalar bor: «Fiorentina», «Komo», «Roma», «Napoli», «Milan», «Yuventus» va «Atalanta», — dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, keyingi turda «Napoli» «Komo»ga qarshi maydonga tushadi. Avvalroq jamoa mehmonda «Jenoa»ni ishonchli hisobda mag‘lub etgani ma’lum qilingan edi.