Live
2
O'zbek

Rasman: «Napoli» Badiashilni «Chelsea»dan ijaraga oldi

Futbol
22 avgust, 17:51
Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
Rasman: «Napoli» Badiashilni «Chelsea»dan ijaraga oldi
Фото: Getty Images

«Napoli» klubi «Chelsea» himoyachisi Benoit Badiashilni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, fransuz futbolchi ijara asosida Neapol klubiga kelib qo'shilgan. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

Avvalroq futbolchining transfer qiymati 20 million evroni tashkil etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Badiashil «Chelsea» safida jami 71 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bunga qadar «Monaco» sharafini himoya qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar