Live
2
O'zbek

Fabinio "Trabzonspor" bilan kelishuvga erishdi (Romano)

Futbol
22 avgust, 17:06
Tomonlar kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini hal qilmoqda.
Fabinio "Trabzonspor" bilan kelishuvga erishdi (Romano)
Фото: Getty Images

Braziliyalik yarimhimoyachi Fabinio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, 32 yoshli futbolchi "Trabzonspor" bilan shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Tomonlar kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini hal qilmoqda. U yaqin 24–48 soat ichida Turkiyaga yetib borishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. Shundan so‘ng transfer rasmiylashtiriladi.

Ma’lumot uchun, Fabinio "Trabzonspor"da sobiq jamoadoshi Muhammad Saloh bilan yana birga to‘p tepishi mumkin. Misrlik hujumchi avgust oyida turkiyalik klub safiga qo‘shilgan edi. Futbolchining so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Trabzonspor Trabzonspor
Bugungi yangiliklar