Saudiya Proligasi 2-turida "Al Ahli" klubi o'z maydonida "Abha"ga qarshi bellashdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Jidda klubi safida Touni het-trikka erishdi.
Bu natijadan so'ng "Al Ahli" ochkolari sonini 6 taga yetkazib, peshqadamlar qatorida bormoqda. "Abha" esa ikki turdan so'ng birorta ham ochko to'play olgani yo'q. Jamoa 17-pog'onada.
Saudiya Proligasi. 2-tur
Al Ahli – Abha 4:0
Gollar: Touni 5, 13 penalti, 57, Trincao 51
Al Ahli – Mendi, Hamidou, Demiral, Havsavi, Ibanes, Al Johani, Trincao, Spertsyan, Galeno (Al Mutairi, 66), Atangana (Masud, 84), Touni (Al Buraykan, 66).
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi