Nukusning "Orol" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bosh murabbiy Ne’matillo Qutiboyev o'z arizasiga ko'ra, ishdan ketgan.
Nukus klubi Proliga 16-turida "Olimpik-MobiUz"ga qarshi bellashuvda mag'lub bo'ldi. Shundan so'ng tajribali murabbiy ishdan ketishga qaror qilgan. U 2022 yildan beri "Orol"ni boshqarib kelayotgan edi.
Ma'lumot uchun, jamoa hozirda Proliga turnir jadvalida 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.