Toshkentning «Paxtakor» klubi klubi raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov iste’foga chiqdi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Karimovning iste’foga chiqishiga oid boshqa tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» Superliganing 18-turida «Surxon» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida «Paxtakor» tomonidan urilgan gol ofsayd sababli hisobga olinmagandi. Keyinchalik hakamlar mazkur vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, ayni paytda «Paxtakor» Superliga turnir jadvalida 39 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Neftchi» Toshkent klubidan 3 ochko oldinda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi