Bugun
31
O'zbek

O'zFHM "Paxtakor"ning hisoblanmagan goli bo'yicha bayonot berdi

Futbol
21 avgust, 16:09
Hakarning qarori to'g'ri yoki noto'g'ri ekani aytilmagan.
O'zFHM "Paxtakor"ning hisoblanmagan goli bo'yicha bayonot berdi
Фото: UzFHM
21.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 0 : 0 Surxon Surxon

O'zFHM "Paxtakor"ning "Surxon"ga qarshi bahsda hisoblanmagan goli bo'yicha bayonot bilan chiqdi.

«Superliga 18-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi gol urdi.

Ushbu vaziyat VAR hakami tomonidan ko'rib chiqilib, chiziq chizilgandan so'ng “Paxtakor”ning 17-raqamli futbolchisi to'p uzatilgan vaqtda ofsayd holatida bo'lgani hamda to'p uchun faol kurash olib borgani haqida bosh hakamga ma'lumot berildi. Shundan so'ng bosh hakam VAR hakamining ma'lumotiga asosan golni bekor qildi.

Biroq, mazkur vaziyatda VAR hakami bosh hakamni monitor orqali vaziyatni qayta ko'rib chiqishga chaqirmasdan xatoga yo'l qo'ydi», — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Surxon Surxon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar