Ispaniya chempionatining 2-turida "Real" safarda "Espanyol"ga qarshi bellashdi. Unda "qirollik" klubi qiyin g'alabaga erishdi.
Dastlab 9-daqiqada Jud Bellingem hisobni ochdi. 30-daqiqaga kelib, Kalatrava muvozanatni tikladi. 90+1-daqiqada zahiradan o'yinga qo'shilgan Espi jamoasiga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Real" Kataloniyadagi muhim uch ochkoni qo'lga kiritib, mavsumni g'alaba bilan boshladi.
La Liga. 2-tur
Espanyol – Real 1:2
Gollar: Kalatrava 30 – Bellingem 9, Espi 90+1
Espanyol – Dmitrovich, El Hilali, Ridel, Nunes, Inoho, Gonsales (Lozano, 75), Esposito (Jofre, 88), Ernandes (Milla, 75), Kalatrava (Bauza, 66), Dolan, Fernandes.
Real – Kurtua, Dumfris (Trent, 80), Konate, Heysen, Karreras (Kukurelya, 64), Bernardo Silva (Kamavinga, 80), Valverde, Guler (Diomande, 64), Bellingem (Espi 80), Vinisius, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Kalatrava 32, Ridel 59 – Vinisius 32
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi