Live
5
O'zbek

Mourinio Espining goli haqida: «U bilan bitim imzolayotganimizda juda mamnun edik»

Futbol
23 avgust, 05:50
Madridliklar ustozi g‘alaba golini urgan jamoaning yangi a’zosi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mourinio Espining goli haqida: «U bilan bitim imzolayotganimizda juda mamnun edik»
Foto: Gettyimages
22.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourinio Ispaniya chempionatining ilk o‘yinida «Espanyol»ga qarshi o‘yinda (2:1) jamoasiga g‘alaba keltirgan hujumchi Karlos Espi haqida fikr bildirdi.

21 yoshli hujumchi debyut o‘yinining 90-daqiqasida — zaxiradan maydonga tushganidan atigi 10 daqiqa o‘tib g‘alaba golini urdi.

«Karlos ajoyib o‘yinchi. Gonsalo [Garsia] «Fulhem»ga ketishi mumkinligini bilganimizda, Kalafat bir nechta alternativ variantlarni taklif qildi. Keyin biz Espining nomzodini tahlil qildik va mutlaq hayratga tushdik. U hali juda yosh va bizga aynan shunday o‘yinchi kerak edi.

Espi juda ijobiy va quvnoq yigit. U orzu bilan yashaydi, lekin astoydil ishlaydi, jamoa manfaati uchun hamma narsani qiladi. Albatta, gol bilan bog‘liq epizod hal qiluvchi bo‘ldi, ammo u to‘pni Mbappega o‘tkazib yuborgan lahza ham bo‘ldi», - dedi Mourinio matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Karlos Espining «Levante»dan transferi «Real»ga 25 million yevroga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar