«Real» yangi futbolchilarini rasman tanishtirishda davom etmoqda. Madrid klubi yakshanba kuni hujumchi Karlos Espining taqdimot marosimini o‘tkazdi.
Tadbir davomida «Real» prezidenti futbolchiga 19-raqamli futbolkani topshirdi. Shuningdek, Espiga klub tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Qizig‘i, «Real» futbolchini klubdagi debyutidan bir kun o‘tib tanishtirdi. Espi «Espanyol»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, uchrashuvning 90-daqiqasida g‘alaba golini urdi. «Real» bahsda 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Espining «Real» bilan shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Hujumchi Madrid klubiga «Levante»dan ko‘chib o‘tgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi