Live
10
O'zbek

«Biz g‘alabaga loyiq edik» — Mourinio «Real»ning «Espanyol» ustidan erishilgan g‘alabasi haqida

Futbol
23 avgust, 05:24
«Real» bosh murabbiyi La Liga 2-turida «Espanyol» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani izohladi.
«Biz g‘alabaga loyiq edik» — Mourinio «Real»ning «Espanyol» ustidan erishilgan g‘alabasi haqida
Foto: Getty Images
22.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

Madridning «Real» klubi ustozi Joze Mourinio La Liga 2-turida «Espanyol» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, biz g‘alabaga loyiq edik, ammo «Espanyol» mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni juda yaxshi nazorat qildik va kuchli bosim uyushtirdik, ko‘p tavakkal qildik. Biz g‘alabaga loyiq edik.

Ammo «Espanyol» kabi o‘ynaydigan, shunday himoyalanadigan va qarshi hujumlarga shunday chiqadigan, bor kuchini berib, jips harakat qiladigan jamoaga quruq qo‘l bilan uyiga qaytish qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, biz g‘alabamizga loyiq edik», — dedi Mourinio AS nashriga.

Eslatib o‘tamiz, «Real»ning La Liga 1-turidagi «Real Sosyedad»ga qarshi bahsi 26 avgustga ko‘chirilgan. Madrid klubi navbatdagi turda 30 avgust kuni «Malaga»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar