Live
2
O'zbek

Veynaldum faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin

Futbol
22 avgust, 15:15
Futbolchi hozirda erkin agent maqomida.
Veynaldum faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

"Liverpul"ning sobiq yarimhimoyachisi Jorjinio Veynaldum AQShning "Real Solt-Leyk" klubi bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik 35 yoshli futbolchi Amerika klubidagi loyihadan taassurot olgan va faoliyatini MLSda davom ettirishga qarshi emas. Biroq hozircha tomonlar o'rtasida kelishuvga erishilgani yo'q.

Veynaldum hozirda erkin agent maqomida. U "Al Ittifoq"ni tark etganidan so'ng klubsiz. Futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasida qariyb uch mavsum harakat qildi. Faoliyati davomida Veynaldum "Feyenoord", PSV, "Nyukasl", "Liverpul", "PSJ" va "Roma" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Bugungi yangiliklar