«Brayton» vingeri Yankuba Minte faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ben Jenkins xabar berdi.
Manbaga ko'ra, gambiyalik 22 yoshli futbolchi mersisaydliklar safiga borib qo'shilishni istamoqda. O'z navbatida «qizillar» ham Mintening transferi uchun dastlab 50 million yevro taklif qilgan. Keyinchalik klub 60 mln yevrolik ikkinchi taklifni ham yuborgan. Biroq «chaykalar» ikkisining ham rad etgan. Qayd etilishicha, klub futbolchini taxminan 80 million yevroga baholamoqda.
Mintening «Brayton» bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.