Live
2
O'zbek

Kyortis Jons «Inter»ga transferini yakunlash uchun Milanga uchib bordi — Skira

Futbol
21 avgust, 06:46
«Liverpul» futbolchisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Kyortis Jons «Inter»ga transferini yakunlash uchun Milanga uchib bordi — Skira
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Liverpul» klubi yarimhimoyachisi Kyortis Jons Milan shahriga yetib bordi va «Inter» klubiga transferini yakunlash arafasida. Angliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va yangi jamoasi bilan shartnomaga imzo chekishi zarur. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.

Manbaning yozishicha, «Inter» 24 yoshli futbolchi uchun 30 mln yevro to‘laydi, yana 5 mln esa bonus ko‘rinishida qayd etilgan. Shuningdek, «Liverpul» Jonsning ehtimoliy keyingi transfer summasining 10%ga egalik qiladi. Futbolchi va milanliklar o‘rtasidagi shartnoma 2031-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lishi aytilmoqda.

O‘tgan mavsum xavbek barcha musobaqalarni inobatga olganda 49 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va sheriklariga 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Transfermarkt portali Kyortisning aktual transfer narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Jons shanba kuni «San-Siro»da bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tashrif buyurishi hamda «Monsa»ga qarshi o‘yinda yangi jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Inter Inter
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar