PSV vingeri Ivan Perishich «Inter»ga qaytishni juda istamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi 2015–2022 yillarda sharafini himoya qilgan Milan klubiga qaytish istagida qat’iy turibdi. Biroq hozircha transfer amalga oshishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Perishich yangi mavsumda barcha turnirlarda 3 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining PSV bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt Perishichning bozor qiymatini 1,2 million yevroga baholamoqda.