Live
11
O'zbek

Rasman: Spens – "Inter" futbolchisi

Futbol
15 avgust, 14:27
Angliyalik 26 yoshli himoyachi Milan klubi bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzolagan.
Rasman: Spens – "Inter" futbolchisi
Фото: Getty Images

"Inter" klubi "Tottenhem" himoyachisi Jed Spensning transferini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, angliyalik 26 yoshli himoyachi Milan klubi bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzolagan. Futbolchining transferi 35 million yevroni tashkil etgan.

"Kuchli, texnik jihatdan iqtidorli, yakka-yakka vaziyatlarda juda yaxshi harakat qiladigan va hayratlanarli tezlanishga ega qanot himoyachisi Spens g'ayrat bilan va hujumkor ruhda o'ynaydi.

U doimo oldinga intilishga va raqib bilan kurashishga tayyor, shu bilan birga himoyada ham ajoyib harakatlarni amalga oshirishga qodir. Buni u jahon chempionatida Argentinaga qarshi o'yinda Juliano Simeonega qarshi ajoyib podkat bilan namoyish etdi.

Xotirjamlik va o'zini tuta bilish – uning xarakateridagi asosiy fazilatlar bo'lib, bu sifatlar unga oilasidan meros bo'lib o'tgan va o'yinida ham yaqqol ko'rinadi. U raqib bilan kurashga qachon kirishish kerakligini, qachon esa himoyaviy pozitsiyani egallash lozimligini yaxshi biladi", — deyiladi "Inter" rasmiy saytida.

O'tgan mavsumda Spens "taqachilar" safida barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2026 yildagi jahon chempionatida esa Angliya milliy jamoasi tarkibida 8 ta o'yin o'tkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar