«Manchester Yunayted» o'rtoqlik bellashuvida «Milan»ga qarshi bellashdi. Gollar shousiga aylangan o'yinda «rossonerilar» 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvda hisobni 2-daqiqada «qizil iblislar» himoyachisi Harri Maguayr ochdi. 37-daqiqada «Milan» hujumchisi Samu Chukvueze hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limning 51-daqiqada Patrik Dorgu manchesterliklarni yana oldinga olib chiqdi. Biroq «Milan» bunga tezda javob qaytardi — 58-daqiqada yarimhimoyachi Alfajo Sisse gol muallifi.
68-daqiqada hujumchi Gonsalu Ramush «Milan»ni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o'tib, 71-daqiqada Ruben Loftus-Chik italiyaliklarning to'rtinchi golini kiritdi.
O'rtoqlik o'yini
Milan – Manchester Yunayted 4:2
Gollar: Chukvueze 37, Sisse 58, Ramush 68, Loftus-Chik 71 – Maguayr 2, Dorgu 51
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi