Live
10
O'zbek

Fofana «Milan»dan «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

Futbol
15 avgust, 11:11
«Milan» fransiyalik yarimhimoyachini Turin klubiga sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Fofana «Milan»dan «Yuventus»ga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

Fransiyalik yarimhimoyachi Yussuf Fofana «Yuventus» futbolchisiga aylanishi mumkin. «Milan» ayni paytda bunday transfer imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Pianeta Milan xabar berdi.

Avvalroq Fofana Angliyadan kelgan bir qator takliflar sabab faoliyatini APLda davom ettirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Manbaga ko‘ra, «Milan» futbolchisini 17–18 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta oxirida boshlanadi. «Milan» 1-turda safarda «Torino»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar