Live
10
O'zbek

«Liverpul» Barkola transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi — L’Équipe

Futbol
15 avgust, 11:05
«PSJ» 23 yoshli vinger uchun 145 million funt talab qilmoqda.
«Liverpul» Barkola transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi — L’Équipe
Foto: Getty Images

«Liverpul» «PSJ» hujumchisi Bredli Barkola transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda L’Équipe ma’lumotlariga tayanib Get French Football News xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi 23 yoshli vinger uchun 145 million funt, ya’ni 169,6 million yevro talab qilmoqda. «Liverpul» esa ushbu summani haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda.

Barkola «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortishda davom etmoqda va «Liverpul»ga o‘tishga qarshi emas. Mersisaydliklar transfer oynasining so‘nggi kunlarini kutib, muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Ingliz klubi parijliklar transfer narxini pasaytirishiga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Barkola o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar