Live
10
O'zbek

Suzuki transferi «Parma»dan «PSJ»ga o‘tish arafasida barbod bo‘ldi — Romano

Futbol
15 avgust, 11:19
Yaponiyalik darvozabon transferi futbolchining o‘zi bilan bog‘liq muammolar sabab xavf ostida qoldi.
Suzuki transferi «Parma»dan «PSJ»ga o‘tish arafasida barbod bo‘ldi — Romano
Foto: Getty Images

«Parma» darvozaboni Zion Suzukining «PSJ»ga transferi barbod bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi seshanba kuni yaponiyalik darvozabon transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Hatto «PSJ» Suzuki tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun Italiyaga borishi maqsadida shaxsiy samolyot ham yuborgan.

«Parma» futbolchining safariga ruxsat bergan. Biroq so‘nggi vaqtda futbolchining o‘zi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan va shu sababli transfer xavf ostida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «PSJ» Suzuki transferi bo‘yicha «Parma» bilan qariyb 35 million yevroga kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Parma Parma
Bugungi yangiliklar